Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi tomonidan deputatlik so‘rovlari bilan ishlash va qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilandi.

✅ Deputat so‘rovlariga 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma javob berilishi;

✅ Javob xatlari bevosita mas’ul rahbar tomonidan imzolanishi;

✅ Har chorakda qonunlar ijrosi va hokim o‘rinbosarlarining hisobotlari muhokama qilinishi;

✅ Deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

🤝 Bu vazifalar deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.