Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun!
Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 25-Talashqon saylov okrugi deputati, Kotibiyat mudiri Tursunov Otabek Tojiyevich 43-maktab jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayot yo‘li mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Islom Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirgani, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani e’tirof etildi.