Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 3-“Yangi qishloq” saylov okrugi deputati Z. Allayarova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Amanov “Yangi qishloq” mahallasida amalga oshirilayotgan hashar jarayoni bilan tanishdi.
Hashar doirasida mahalladagi 20 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida zarur ishlar olib borilmoqda. Tashabbus mahalla aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va mavjud muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan.
Deputat va mutaxassislar tomonidan ishlarning borishi o‘rganilib, aholi vakillari bilan fikr almashildi. Bunday ezgu tashabbuslar mahalla obodligi va fuqarolar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.