35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Sport sharoitlari va sport zalining holati o‘rganildi
янв.21
Huvaydo MFYda mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda....
янв.21
"Shuhrat" medali - Muborak bo‘lsin!
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
DEPUTAT OKRUGIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISH OLIB BORMOQDA...
янв.21
A.Navoiy MFY okrugida tadbirkorlik faoliyati
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha: muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
72-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida mazkur ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari boshlangan.
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 912 million so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari “Lochin” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlarning borishi Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari M.Namozov va S.Saidovlar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining yakuniy bosqichidagi holati, bajarilgan ishlarning sifati, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda yangi o‘quv binosini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
📚 Qo‘shimcha 140 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining barpo etilishi maktabning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 1