35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Sport sharoitlari va sport zalining holati o‘rganildi
янв.21
Huvaydo MFYda mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda....
янв.21
"Shuhrat" medali - Muborak bo‘lsin!
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
DEPUTAT OKRUGIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISH OLIB BORMOQDA...
янв.21
A.Navoiy MFY okrugida tadbirkorlik faoliyati
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha: muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
Fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimovning saylov okrugi hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida fuqarolarning murojaatlari ham o‘rganildi.

Xususan, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Zargarlik ko‘chasi 20-uyda yashovchi fuqaro Abduraxmonova Oyshaxon o‘g‘li Abduraxmonov Murodjonga nisbatan sud tomonidan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosini qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa jazo turiga o‘zgartirish masalasida amaliy va huquqiy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. Fuqaroga mavjud tartib-taomillar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish, shuningdek, masalani vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” tomonidan tegishli tartibda kafillik va tavsiyalar berish imkoniyatlari ham o‘rganilib, zarur chora-tadbirlarni belgilash masalasi muhokama qilindi.

Mazkur murojaat deputat M.Azimov nazoratiga olinib, fuqaroning murojaatini qonuniy asosda ko‘rib chiqish va zarur huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7