35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Sport sharoitlari va sport zalining holati o‘rganildi
янв.21
Huvaydo MFYda mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda....
янв.21
"Shuhrat" medali - Muborak bo‘lsin!
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
DEPUTAT OKRUGIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISH OLIB BORMOQDA...
янв.21
A.Navoiy MFY okrugida tadbirkorlik faoliyati
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha: muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
Shaffoflik va ochiqlik — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim mezoni

Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish borasida belgilangan “Yo‘l xaritasi” vazifalari ijrosini ta’minlash, savdo kompleksidagi mavjud holatni tahlil qilish, korrupsion xavf va omillarni aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, viloyat prokurorining katta yordamchisi Sh.Xurramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Termiz shahar komissiyasi raisi D.Normuradova, komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Nazorat-tahlil davomida savdo kompleksida xizmat ko‘rsatish va tashkiliy jarayonlarda korrupsion omillarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, avtoturargoh faoliyatini raqamlashtirish ishlari, situatsion markazi faoliyati, mavjud jarayonlarni monitoring qilish va nazorat mexanizmlari o‘rganildi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali inson omilini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, nazorat imkoniyatlarini kengaytirish hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, korrupsion xavflarni minimallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6