35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bo‘ston MFYda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Bo‘ston MFYdagi suv qudug‘ini qayta tiklash bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi
янв.21
BO‘STON MFYDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR O‘RGANILDI
янв.21
Polmon MFYda ichki yo‘lga suv toshib chiqishi bo‘yicha murojaat o‘rganildi
янв.21
BO‘STON MFY — XAVFSIZ VA OSOYISHTA HUDUD
янв.21
IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: AMALIY ISHLAR VA NATIJALAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Sport sharoitlari va sport zalining holati o‘rganildi
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi

📌 Qarorlar ijrosi va davlat dasturlari nazorati

Hafta davomida avvalgi sessiyalarda qabul qilingan Kengash qarorlari, davlat dasturlari, Prezident farmon va qarorlari hamda Hukumat hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.

🔹 Hududlarda belgilangan vazifalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganiladi;

🔹 mas’ul tashkilotlar faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinadi;

🔹 aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi;

🔹 aholi murojaatlari, takliflari va mavjud muammolar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilanadi.

📌 Sessiyaga tayyorgarlik va doimiy komissiyalar faoliyati

🔹 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganishlar tashkil etiladi;

🔹 doimiy komissiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi;

🔹 deputatlik so‘rovlari orqali ko‘tarilgan masalalar ijrosi monitoring qilinadi;

🔹 deputatlar tomonidan saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar davom ettiriladi.

📰 Kengash faoliyati, deputatlik nazorati tadbirlari, sessiyaga tayyorgarlik jarayonlari, doimiy komissiyalar faoliyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi.

✅ Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalari hamda kotibiyati tomonidan nazoratga olinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1