35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Sport sharoitlari va sport zalining holati o‘rganildi
янв.21
Huvaydo MFYda mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda....
янв.21
"Shuhrat" medali - Muborak bo‘lsin!
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
DEPUTAT OKRUGIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISH OLIB BORMOQDA...
янв.21
A.Navoiy MFY okrugida tadbirkorlik faoliyati
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha: muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
SAYLOVCHILAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularda ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Ermatovga 25-Orolbo‘yi saylov okrugi saylovchilaridan yo‘l belgilari va yo‘lchiroq bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish maqsadida mutasaddilar ishtirokida hududga chiqilib, mavjud holat joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat mudiri A. Ermatov, shahar hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi R. To‘xtasinov, Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A. Umarqulov hamda Orolbo‘yi MFY raisi A.Mamadaliyev ishtirok etdi.

Jarayonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilari va yo‘lchiroqlar bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha murojaatda ko‘tarilgan masalaga e’tibor qaratildi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish mavjud muammolarni bevosita hududning o‘zida aniqlash va mas’ul tashkilotlar ishtirokida tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur murojaat bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlari davom ettiriladi. Fuqarolar murojaatlari esa deputatlik nazorati doirasida doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 7