35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Sport sharoitlari va sport zalining holati o‘rganildi
янв.21
Huvaydo MFYda mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda....
янв.21
"Shuhrat" medali - Muborak bo‘lsin!
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
DEPUTAT OKRUGIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISH OLIB BORMOQDA...
янв.21
A.Navoiy MFY okrugida tadbirkorlik faoliyati
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha: muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLAR NAZORATIDA


Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holatini o‘rganish hamda ta’lim jarayoni uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi deputati A. Mahkamovga biriktirilgan.

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida deputat A. Mahkamov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Alavitdinov o‘rtasida ta’lim sohasidagi mavjud masalalarni tizimli o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish yuzasidan kelishib olindi.

Kelishuv doirasida ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda o‘quvchi va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday hamkorlik ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddilar bilan muhokama qilish va ularning yechimini nazoratga olish imkonini beradi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom ettiriladi. Ta’lim sohasidagi mavjud masalalar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4