35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi: yuqori valik mfy hududiga transformator o‘rnatilmoqda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida yangi xizmat va ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyiha o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — doimiy nazoratda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida oilaviy tadbirkorlik va qo‘shimcha daromad manbalari o‘rganildi
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
Mirobod tumanidagi avtobus bekatlari holati deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mirobod tumanidagi avtobus bekatlari holati deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumanidagi “Navro‘z” va “Mirobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan avtobus bekatlarining holatini yaxshilash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan mazkur mahallalar hududidagi bir qator avtobus bekatlari joyiga chiqib o‘rganilib, ularning bugungi holati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma, obodonlashtirish hamda sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 O‘rganishlar davomida ayrim avtobus bekatlarida yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash, bekat hududlarini tartibga keltirish va obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda jamoat transportidan foydalanuvchi fuqarolar uchun yanada qulay muhit yaratish zarurati mavjudligi aniqlandi.

📝 Shuningdek, o‘rganish jarayonida avtobus bekatlaridan muntazam foydalanuvchi fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan muloqot olib borildi.

📁 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar hokimligidan “Navro‘z” va “Mirobod” mahallalari hududidagi avtobus bekatlarini mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bekatlarni obodonlashtirish va tartibga keltirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘raldi.

🚌 Deputatlik so‘rovida, ayniqsa, bekatlarning fuqarolar uchun foydalanish qulayligini oshirish, yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilashga e’tibor qaratish lozimligi qayd etilgan.

🗣 Shuningdek, Toshkent shahar hokimligidan o‘rganish natijalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1