35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: oziq-ovqat mahsulotlari va yaratilgan sharoitlar...
янв.21
Deputat nazoratida: 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi!
янв.21
“YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI: O‘RGANISH, NAZORAT VA AMALIY NATIJA
янв.21
Qarorlar ijrosi — amaliy nazorat va samarali natijalar sari!
янв.21
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi: yuqori valik mfy hududiga transformator o‘rnatilmoqda
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili hamkorligida aholi bilan ochiq muloqot va fikr almashishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini ta’minlash, shuningdek, jamiyatda fuqarolik faolligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolar va ularning yechimlari borasida takliflarini ilgari surdilar. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘RQ–445-son mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan bevosita va samarali aloqa o‘rnatish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish, joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni amaliyotga tatbiq etish, aholi bilan hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 3