📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 23-Katta Qo‘yliq saylov okrugi deputati Zafar Alimovga "Katta Qo‘yliq" mahallasidagi Farg'ona yo'li ko'chasi 2-dom old qismidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat ijrosini o‘rganish maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshodbek Ibragimov joyiga chiqdi.
❗️O‘rganish davomida bolalar maydonchasining texnik holati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar atroflicha qayd etildi. O‘rganish natijalari va to‘plangan materiallar deputatga axborot kiritish hamda tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash uchun rasmiylashtirildi.