35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi: yuqori valik mfy hududiga transformator o‘rnatilmoqda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida yangi xizmat va ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyiha o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — doimiy nazoratda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida oilaviy tadbirkorlik va qo‘shimcha daromad manbalari o‘rganildi
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

 «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xalqimizning farovon
hayotini ta’minlash, oilalar institutini mustahkamlash va milliy
qadriyatlarimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar doirasida
turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyati bosh
mutaxassisi S. Matyaqubova Baxoriston mahallasi Oybek ko‘chasi, 1-uyda
istiqomat qiluvchi, ko‘p farzandli va namunali oila vakili Yusupova Ullibi
opa xonadonida bo‘ldi.


Suhbat davomida Ullibi opaning hayotiy tajribasi, oiladagi mehr-oqibat, farzand
va nabiralarni milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat va insoniy fazilatlar
ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati alohida e’tirof etildi. Bugungi
kunda ushbu oilada 5 nafar farzand, 17 nafar nevara va 10 nafar chevara
kamol topmoqda.


Bunday fayzli va ahil xonadonlar yurtimizda tinchlik va barqarorlik, oilaviy
qadriyatlar hamda avlodlar davomiyligining yorqin timsolidir. Ullibi opaning
sermazmun hayot yo‘li, farzand va nabiralariga berayotgan tarbiyasi yosh avlod
uchun munosib ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.


Tashrif davomida bunday namunali oilalarni keng jamoatchilikka o‘rnak sifatida
ko‘rsatish, ularning hayotiy tajribasini yoshlar tarbiyasida targ‘ib etish
muhimligi ta’kidlandi.


Zero, mustaqil va yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi —
tinch va obod xonadonlar, ahil oilalar hamda Vatan taqdiriga daxldorlik hissi
bilan yashayotgan fidoyi insonlardir.

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va farovon kelajakni
birgalikda bunyod etamiz!