35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — doimiy nazoratda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida oilaviy tadbirkorlik va qo‘shimcha daromad manbalari o‘rganildi
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi sessiya oldi o'rganildi.
янв.21
Kengash faoliyati: “Isfayram” gazetasining 2026-yil 31-iyul kungi 13–14-sonlarida...
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganiladi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
“Parpashabof” mahallasida xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘ini, Obod yurt ko‘chasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Obod yurt ko‘chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi M.Rizayev xonadonining yashash sharoiti va uy-joy holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida xonadonning ta’mirtalab holatda ekani aniqlanib, fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida tegishli tartibda ijtimoiy reyestrga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, xonadonni ta’mirlash uchun zarur mablag‘ ajratish masalasi deputat Sh.Rasulova tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5