35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi sessiya oldi o'rganildi.
янв.21
Kengash faoliyati: “Isfayram” gazetasining 2026-yil 31-iyul kungi 13–14-sonlarida...
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganiladi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillyashayxov Yashnobod tumanidagi "Jo‘rabek" mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammoni joyiga chiqib o‘rgandi hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🤝 O‘rganish ishlarini samarali tashkil etish va deputatlik faoliyatini hududlarda tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tashkiliy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova, mahalla yettiligi, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Muloqot davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Muxtor Ashrafiy 1-tor ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xonadonlarda markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘ining mavjud emasligi sababli yuzaga kelayotgan sanitariya-gigiyena muammolari joyida o‘rganildi.

💡 Fuqarolar ta’kidlashicha, hududda kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha avval ham bir necha bor rejalar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, amaliy ishlar bugungi kunga qadar boshlanmagan. Natijada aholi oqova suvlarni septik chuqurlarga yig‘ishga majbur bo‘lib, bu esa ekologik holatning yomonlashuvi, noxush hidlarning tarqalishi va yer osti suvlari ifloslanishi xavfini yuzaga keltirmoqda.

🔺 Deputat Mirzag‘olib Tillyashayxov mavjud vaziyat bilan bevosita tanishib, fuqarolar murojaatlarini tingladi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur hududda markazlashgan kanalizatsiya tizimini barpo etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, loyiha hujjatlarini shakllantirish va muammoning yechimini jadallashtirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilishi qayd etildi.

✅ Yakunda fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ekologik va sanitariya xavfsizligini ta’minlash, kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlanib, ushbu masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1