35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: oziq-ovqat mahsulotlari va yaratilgan sharoitlar...
янв.21
Deputat nazoratida: 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi!
янв.21
“YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI: O‘RGANISH, NAZORAT VA AMALIY NATIJA
янв.21
Qarorlar ijrosi — amaliy nazorat va samarali natijalar sari!
янв.21
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi: yuqori valik mfy hududiga transformator o‘rnatilmoqda
Deputatlar 34-oilaviy poliklinikada raqamli tibbiyot tizimi faoliyatini o‘rgandi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining 23-“Uvaysiy” saylov okrugidan deputat R.Mengziyayeva hamda 25-“Ketmon” saylov okrugidan deputat Q.Chorshanbiyev 34-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasa faoliyati hamda DMed elektron tibbiyot tizimining amaliyotga joriy etilishi bilan tanishdi.
Tashrif davomida deputatlar poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar faoliyati, elektron tibbiy hujjatlar yuritilishi, bemorlarni ro‘yxatga olish va qabul qilish jarayonlari yuzasidan yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Mas'ullar tomonidan DMed tizimining afzalliklari, xususan, tibbiy xizmatlarning tezkorligi va shaffofligini ta'minlash, elektron tibbiy kartalarni yuritish hamda aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Deputatlar sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 4