35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
"Isfayram" gazetasi faoliyati va axborot erkinligi ijrosi sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: oziq-ovqat mahsulotlari va yaratilgan sharoitlar...
янв.21
Deputat nazoratida: 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi!
янв.21
“YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI: O‘RGANISH, NAZORAT VA AMALIY NATIJA
янв.21
Qarorlar ijrosi — amaliy nazorat va samarali natijalar sari!
янв.21
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi: yuqori valik mfy hududiga transformator o‘rnatilmoqda
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda tuman hokimligi vakili ishtirokida "Yangiqurilish" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, jamoat joylarini obodonlashtirish hamda beton ariqlarni yotqizish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilinib, mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil tadbiri yakunida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda mahallani namunali saqlash yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram

Slide 1 of 3