35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — doimiy nazoratda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida oilaviy tadbirkorlik va qo‘shimcha daromad manbalari o‘rganildi
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi sessiya oldi o'rganildi.
янв.21
Kengash faoliyati: “Isfayram” gazetasining 2026-yil 31-iyul kungi 13–14-sonlarida...
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganiladi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida tuman Kengashining rasmiy axborot kanallarida deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan jamoatchilik va deputatlik nazorati tadbirlarining 24 ta yo‘nalish bo‘yicha yoritilishi tahlil qilinib, bu borada Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda har bir axborotning mazmuni, qonunchilik asoslarining to‘g‘ri yoritilishi hamda deputatlik nazorati natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.Xususan, o‘rganishlarda ko‘chaboshi va "Mahalla yettiligi" a’zolarining ishtirokini ta’minlash, saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur hollarda deputatlik so‘rovlarini kiritish hamda ularning ijrosi va natijadorligini muntazam nazorat qilib borish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan tegishli saylov okrugi deputatlari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda saylovchilar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish, hududlarda aniqlangan muammolarni avvalo doimiy komissiyalar muhokamasidan o‘tkazish,so‘ngra mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini sessiyalarda eshitish amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Bundan tashqari, tuman Kengashi deputatlarining o‘zlari saylangan saylov okruglarida olib borayotgan faoliyati, sessiyalar oldidan aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etish, saylovchilar fikr va takliflarini kun tartibidagi masalalarni shakllantirishda inobatga olish holati ham atroflicha tahlil qilindi.O‘rganish yakunida Kengash kotibiyati xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazilib, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, hujjatlar yuritish sifati va ijro intizomini kuchaytirish, rasmiy axborotlarni sifatli tayyorlash hamda Kengash faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 5