35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi sessiya oldi o'rganildi.
янв.21
Kengash faoliyati: “Isfayram” gazetasining 2026-yil 31-iyul kungi 13–14-sonlarida...
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganiladi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
DEPUTAT SO'ROVI
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna deputatlik so‘rovi yoʻlladi.

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Abduraxmanova Nafisa Alimovna ta'lim tizimini rivojlantirish, o'quvchilarning zamonaviy maktablarda ta'lim olishiga sharoit yaratish maqsadida Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i v.v.b A.Jienbaevga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i v.v.b A.Jienbaevga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢“Keneges” OFY hududidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2023-yil yanvar oyida yangi qurilib topshirilgan qo‘shimcha binosining 3 ta sinf xonasi pol qismi chirib, yaroqsiz holatga kelib qolganligi, ushbu masalani bartaraf etish uchun qanday ishlar rejalashtirilganligi, qanday ishlarga zarurat tug‘ilayotganligi hamda mavjud muammolarni hal qilishga to‘sqinlik qilayotgan omillar haqida asoslantirilgan ma’lumot berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 DeputatAbduraxmanova Nafisa Alimovna mazkur so‘rov orqali ta'lim tizimini rivojlantirish, o'quvchilarning zamonaviy maktablarda ta'lim olishiga sharoit yaratishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 2