35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lashkar MFYda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Bo‘ston MFYda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Bo‘ston MFYdagi suv qudug‘ini qayta tiklash bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi
янв.21
BO‘STON MFYDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR O‘RGANILDI
янв.21
Polmon MFYda ichki yo‘lga suv toshib chiqishi bo‘yicha murojaat o‘rganildi
янв.21
BO‘STON MFY — XAVFSIZ VA OSOYISHTA HUDUD
янв.21
IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: AMALIY ISHLAR VA NATIJALAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#96_qonun

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda mahalla hokim yordamchisi ishtirokida Adas mahallasida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Jumladan, Shodiyeva Zargul oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan non va turli xil pishiriqlar ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur faoliyat Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan ushbu sex mahalla hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga qayta tiklanib, bugungi kunda 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ishlab chiqarilayotgan non va turli pishiriq mahsulotlari mahalla aholisi hamda savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda.
Tadbirkorga faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2