35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lashkar MFYda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Bo‘ston MFYda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Bo‘ston MFYdagi suv qudug‘ini qayta tiklash bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi
янв.21
BO‘STON MFYDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR O‘RGANILDI
янв.21
Polmon MFYda ichki yo‘lga suv toshib chiqishi bo‘yicha murojaat o‘rganildi
янв.21
BO‘STON MFY — XAVFSIZ VA OSOYISHTA HUDUD
янв.21
IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: AMALIY ISHLAR VA NATIJALAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔹Sessiya kun tartibida sakkizta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, tuman mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlash, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash hamda “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshirilayotgan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi tarkibiga hamda Kengashning doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashi sessiyalarida mаs’ul davlat organlari vа tashkilotlari rahbarlarining murоjааtlаr bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqildi.

➡️Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🔹Ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash maqsadida sessiya jarayoni tuman Kengashining Youtube ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etildi.

✨Sessiyada qabul qilingan qarorlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10