35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lashkar MFYda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Bo‘ston MFYda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Bo‘ston MFYdagi suv qudug‘ini qayta tiklash bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi
янв.21
BO‘STON MFYDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR O‘RGANILDI
янв.21
Polmon MFYda ichki yo‘lga suv toshib chiqishi bo‘yicha murojaat o‘rganildi
янв.21
BO‘STON MFY — XAVFSIZ VA OSOYISHTA HUDUD
янв.21
IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: AMALIY ISHLAR VA NATIJALAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2-IDUMda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O'RQ-637- sonli Qonun ijrosi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Qonun ijrosi va ijtimoiy himoya nazoratda: "Jayhun" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda “4-Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova ishtirokida “Bo‘ston” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlari tashkil etildi.

💬Mas’ullar tashrif davomida dastlab mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla xodimlari va faollarining bugungi kundagi kunlik ish faoliyati hamda aholi bilan ishlash tizimi haqida atroflicha suhbatlashdilar. Shundan so‘ng, mahalladagi yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati tizimli ravishda tahlil qilindi:

💬O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

🟢Yoshlar bandligi va tadbirkorligi: Mahalladagi ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash, "Yoshlar daftari" imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish;

🟢Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Mahallada to‘garaklar, sport musobaqalari va intellektual bellashuvlarning o‘tkazilish sifati;

🟢Muammolarni hal etish: Yoshlarning murojaat va tashabbuslari bilan ishlash tizimi ko‘rib chiqildi.

💬O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ijtimoiy xodimning faoliyati tahlil qilindi.

🟢Manzilli ijtimoiy yordam: Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamlarning sifati;

🟢Xizmatlar manzilliligi: Ijtimoiy xizmatlarning haqqoniy va o‘z egalariga yetib borish mexanizmlari sinchkovlik bilan ko‘rib chiqildi.

💬"Yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ehtiyojmand fuqarolarimiz, keksalarimiz va nogironligi bor shaxslarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash — bizning eng ustuvor vazifamizdir. Mahalladagi har bir mas’ul xodim o‘z ishiga hisobot uchun emas, balki inson qadrini ulug‘lash yo‘lida chin dildan yondashishi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalarni tizimli hal etish, "mahalla yettiligi" faollari va saylov okrugi deputatining hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 3