35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi: yuqori valik mfy hududiga transformator o‘rnatilmoqda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida yangi xizmat va ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyiha o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — doimiy nazoratda
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida oilaviy tadbirkorlik va qo‘shimcha daromad manbalari o‘rganildi
янв.21
Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
"O'RQ-445"-Qonun asosida murojaatlar deputatlar tomonidan joyida o'rganish ishlari davom etmoqda...
янв.21
29-maktabda sport inshootlari va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
24-maktabda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi
"Dolzarb 90 kun" loyihasi ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva o‘zi saylangan 9-"Sayapir" saylov okrugi hududidagi 7-son maktabda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. O‘rganishda tuman Kengashi huzuridagi "Ekspert guruhi" mas’ul kotibi, Kotibiyat bosh mutaxassisi P. Rahmanov ham ishtirok etdi.

Monitoring davomida loyiha doirasidagi to‘garaklar, ommaviy tadbirlar va sport musobaqalari tasdiqlangan grafik asosida tashkil etilgani, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va xavfsiz o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgani qayd etildi. Mashg‘ulotlarning tajribali pedagoglar tomonidan olib borilayotgani hamda tadbirlarning qiziqarli va samarali tashkil etilayotgani ota-onalar va o‘quvchilar tomonidan ham ijobiy baholandi. 🤝📚

Slide 1 of 1