Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

💻 Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishda quyidagi masala ko‘rib chiqildi:
Kun tartibi:
1) Yashnobod tumanida mavjud zaxiralarni ishga solish, yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

2)Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining 2026-yil birinchi chorak yakuniga qadar amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

3) Yashnobod tumani mahalliy budjetining 2025-yil yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida;

4) Yashnobod tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

5) Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2025-yil 27-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosi to‘g‘risida”gi III-8-26-14-203-K/25-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

6)Yashnobod tumanida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida.
📉 Komissiya a’zolari tomonidan hisobotni atroflicha tahlil qilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1