Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputatlar mahalla yettiligi bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashdi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📊 Xususan: aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, mahalla ayollari o‘rtasidagi muammolarni hal etish hamda kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tomonlar kelgusida hamkorlikda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Slide 1 of 5