Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda:

✍️ Uchtepa tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish va murojaatlarning ijrosini namunali yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida tuman hokimligi Tahliliy-nazorat guruhi rahbari S.Najimovning;

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining Uchtepa tumanida 1-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida tuman IIO FMB boshlig'i o'rinbosari A.Ochilovning;

✍️ Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIO FMB boshlig'i o'rinbosari A.Ochilovning hisobtlari eshitilib, muhokama qilinib, atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Doimiy komissiya raisi Abdurashid Abdushukurov hamda komissiya a’zolari — A.Xaydarov, G.Xamitova hamda O.Revtovlar hisobotlarni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalalarni sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

✅ Mazkur masalalar tuman mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholining hayoti va tinchligini ishonchli himoya qilishga hamda Aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonini tezlashtirib, muammolarini tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7