Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyevlar tomonidan “Ko'kpatas” ovulida joylashgan 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat mahsulotlari sifati hamda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🧸 Shuningdek, tarbiyachilar faoliyati, mashg‘ulot xonalari jihozlanganligi, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda davlat ta’lim standartlariga rioya etilishi yuzasidan ham tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📋 O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4