Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
“Deputat muammoni hal qildi”

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi” ijrosi asosida deputat A.Eshmatov “Bilimdon” MFYda mahalla raisi Rixsivoy Maxamatov hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan o‘rganish tadbiri va suhbat jarayonida, rais hamda mahalla yettiligi a’zolari tomonidan mahallani ichki ko‘chalarini ta’mirlash, asfalt yotqizish ishlari qachon boshlanishi, qurilishi to‘xtab qolgan mahalla idorasi binosi qachon qurib bitiriladi degan savol bilan murojaat bo‘lgandi. Deputat A.Eshmatov bu masalani yana bir karra o‘rganishi, nazoratga olishini bildirgan edi. 

Ushbu masalani hal etish, deputatning faolligi natijasida masala tez orada ijobiy yechimini topdi.

Natija: Bugun “Bilimdon” MFY hududidan ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kirgan ko‘chaga asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Qurilishi to‘xtab qolgan mahalla idorasi binosida ishlar boshlab yuborildi. 

Deputat faoliyatidan asosiy maqsad aholining muammolarini o‘rganish, samarali muloqot o‘rnatish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 2