Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari, Olmazor tumani hokimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va “MADAD” NNT vakilininig birgalikdagi qabuli”

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari, Olmazor tumani hokimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va “MADAD” NNT vakilininig birgalikdagi qabuli”

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-Gulzor okrugi deputati To‘rabek Nazarov ishtirokida “Ibrohim ota” MFY binosida Olmazor tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Xashimova, Madad nodavlat notijorat tashkiloti vakili N.Salohiddinov tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat bosh mutaxassisi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

 Qabul davomida mahallada yashovchi fuqarolarning nafaqa tayinlash, “Ayollar daftari”ga kiritish, huquqiy yordam olish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Qabul jarayonida ko‘tarilgan ayrim masalalar qo‘shimcha o‘rganishni talab etgani sababli, murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Sayyor qabulning asosiy maqsadi, ayollarga o‘z huquqlarini anglatish va ularning jamiyatdagi o‘rni va roli to‘g‘risida tushuncha berishdir.

 Bundan tashqari, "Ibrohim ota" mahallasidagi 16-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdilar . Deputatlar muloqot davomida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri – yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, yoshlarning huquqiy bilimini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

 Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy kontentlardan voz kechish, bolalarning yoshiga mos, foydali va ma’rifiy resurslardan foydalanishini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi. Jinoyatchilik va giyohvandlik kabi illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, kitobxonlik, xorijiy tillar va IT yo‘nalishlarida rivojlanishiga sharoit yaratish ustuvor vazifa ekanini bildirdilar.

 Kengash va deputat mas'uliyat bilan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 7