Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi haftalik DAYJESTI (6 -10-APREL)
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati
Deputat so‘rovi asosida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Deputat so‘rovi asosida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

📄 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi-deputat J. Xudoyqulova tomonidan joriy yilning fevral oyida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga “Yetimqum” mahallasida joylashgan 39-son umumta’lim maktabining hojatxonasi eskirib, foydalanish uchun noqulay holga kelib qolgani yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritilgan edi.

🏗️ Mazkur so‘rov natijasida muammo ijobiy hal etilib, bugungi kunda maktab hududida eski hojatxona o‘rniga yangi, zamonaviy va sanitariya talablariga javob beradigan hojatxona qurilishi boshlandi.

🔵 Deputat J. Xudoyqulova qurilish jarayonlari bilan bevosita tanishib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

🔵 Bu kabi amaliy ishlar hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholiga, ayniqsa yosh avlodga qulay sharoitlar yaratish yo‘lida deputatlik nazoratining muhim ahamiyat kasb etayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3