Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi haftalik DAYJESTI (6 -10-APREL)
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati
Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Nokarayev tomonidan saylovchilarga “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Mazkur Qonun chorvachilik sohasini rivojlantirish, nasldor hayvonlarning sifatini yaxshilash hamda ularning genetik salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunda naslchilikning asosiy vazifalari sifatida hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, naslchilik resurslarini yaratish, saqlash va ulardan samarali foydalanish belgilangan. 

Deputat tomonidan ta’kidlanganidek, ushbu Qonun chorvachilik tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish, yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda naslchilik sohasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3