Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy yordam berildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat D.Ochilova tomonidan hududda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbaini yaratish va o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish borasida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, ehtiyojmand fuqaroning murojaati asosida unga qishloq xo‘jaligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zamonaviy motokultivator topshirildi.
Mazkur tashabbus fuqaroning mehnat faoliyatini boshlashi, tomorqadan samarali foydalanishi hamda barqaror daromadga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Hududda bu kabi manzilli yondashuvlar izchil davom ettirilmoqda bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish ustuvor vazifa sifatida e’tiborda qolmoqda.

Slide 1 of 3