Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 21-Anorzor saylov okrugi deputati, 7-sonli oilaviy poliklinika hamshirasi Dilbar Rustamova o‘zining amaliy tajribasidan kelib chiqib, fuqarolar hamda bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Tadbir davomida fuqarolarning salomatligi ko‘zdan kechirilib, mavjud kasalliklar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, vrachlar tomonidan tavsiya etilayotgan dori vositalarini to‘g‘ri qabul qilish tartibi hamda ularni saqlash qoidalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur tashabbus aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, kasalliklarning oldini olish va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2