Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson yettinchi sessiyasi 28-mart kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 18-martda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson yettinchi sessiyasi 2024-yil 28-mart kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-43-son qarorining ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari R.Mamatovning hisoboti;

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi viloyat boshqarmasi boshlig‘i K.Shermatovning hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-316-son qarorning viloyatdagi ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Urakovning hisoboti;

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyati Urgut tumani Nisbot mahallasi, Kattaqo‘rg‘on tumani Jumaboy mahallasi, Qo‘shrabot tumani Chorloq mahallasi, Ishtixon tumani Ko‘tarma mahallasi, Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasi, Toyloq tumani Jumabozor mahallasi va Paxtachi tumani Hunarmand mahallalarining bosh rejalarini va unga tutash mahallalarning shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyati Prokuraturasining 2024-yil 16-fevraldagi 15/24-527-sonli taqdimnomasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 

Slide 1 of 1