Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
JAMOATCHILIK NAZORATI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi
va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat
qilish maqsadida jamoatchilik nazorati guruhi tuzilgan.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida jamoatchilik nazorati guruhining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri, jamoatchilik nazorati guruhi rahbari Asqar Baxramov olib bordi. 

Yig‘ilishda Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Axmadali Xudayberganov, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, jamoatchilik nazorati guruhi a’zolari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Toshkent suv ta’minoti” MChJ rahbarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va mas’ul xodimlari, loyiha buyurtmachilari va loyiha g‘olibi deb topilgan qurilish pudrat tashkilotlari rahbarlari,
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
 

Kun tartibidagi masala Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar holati, loyihalarni bajarish muddatlari va tartiblari to‘g‘risida “Toshkent suv ta’minoti” MChJ rahbarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,, loyiha buyurmachilari va loyiha g‘olibi deb topilgan qurilish pudrat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. 

Muhokamalar davomida jamoatchilik nazorati guruhi a’zolari so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

  Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 7