Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi kotibiyat mudiri X.Sattorova va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Koson tuman kengashi raisi A.O‘rinovlar ishtirokida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Koson tuman 2-kasb-hunar maktabida o'tkazlgan tadbirda, Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi kotibiyat mudiri X.Sattorova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Koson tuman kengashi raisi A.O‘rinov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Koson tuman bo‘linmasi raxbari E.Xolmurodov, tuman targ'ibot guruhi rahbari B.Qobilovalar yoshlar ishtirokida 2024 yil “Yoshlar va biznesini qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” loyihasi doirasida “Yosh liderlar Ekopartiyani tanlaydi” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda yoshlarga “Ekologik partiya”ning muhim yo‘nalishlari, mamlakatimizda atrof muhitni holatini yaxshilash va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish, mamlakatda "yashil iqtisodiyot"ga o‘tishga ko‘maklashish, atrof-muhit va fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida hamda partiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Mamlakatimizning ekologik xavfsizligiga erishish, gozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish maqsadida yoshlarimizga Ekopartiyani tanlashlarini va partiyaga a’zo bo‘lishlariga takliflar berildi.

Slide 1 of 7