Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷XDP Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tavallud ayyomi bilan tabriklandi!
янв.21
✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
"O'RQ-445"-qaror asosida murojaatlar deputat tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
O‘RQ-539-sonli qonun ijrosi joyida o‘rganilmoqda...
янв.21
⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati so'rovi
янв.21
Kengash Kotibiyatiga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
янв.21
Kokilon saylov okrugida joylashgan 27-umumta’lim maktabida infratuzilma holati o‘rganildi.
янв.21
"Aholi bandligi masalalari" yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...
NAVBATDAGI DOIMIY KOMISSIYA QO‘SHMA YIGʻILISHI

NAVBATDAGI DOIMIY KOMISSIYA QO‘SHMA YIGʻILISHI

2024-yil 8-fevral kuni tuman hokimligida Farg‘ona tumani Kengashi kotibiyati, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning navbatdagi Qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, N.Isaqov, A.Alobidinov, A.Erkaboyev, I.Abduraxmonovlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi O.Dadajonova olib bordi.

Yig‘ilish kun tartibiga, “Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi, doimiy komissiyalar hamda tuman Kengashi kotibiyatining 2024-yil uchun mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining doimiy komissiyalari bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi axborotlar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasigi kiritilishi bo‘yicha qo‘shimcha kiritish takliflari bildirilib, takliflar tasdiqlandi.

1. 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tumanda rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabr kungi “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

3. 2023 yilda Farg‘ona tumanida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan

4. Farg‘ona tumanidagi “Geografik obektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;

5. Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limining 2023-yil 12 oylik faoliyati to‘g‘risida; 

6. O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha “Farg‘ona tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda bo‘limda ishlovchi kadrlar va ularning mutaxassisliklari to‘g‘risida”gi hisoboti;

7. Farg‘ona tumanida 2024-yilda aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

8. Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

9. Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi “Ishchi guruh” tarkibiga o‘zgartirish to‘g‘risida

10. Farg‘ona tumani hokimigi Axborot xizmatining 2023-yil so‘ngi 6 oyi davomidagi faoliyati to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar eshitilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1