Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN FUQAROLAR FIKRI O‘RGANILDI

SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN FUQAROLAR FIKRI O‘RGANILDI

🌐Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Xolmuratova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuv davomida Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti” yuzasidan fuqarolar bilan fikr almashildi.

🌐Suhbat jarayonida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda aholining huquqiy masalalarga oid taklif va mulohazalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.