Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganilmoqda

 Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganilmoqda

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori talablarining tumanda ijro etilishi holatini o‘rganish ishlari boshlandi.

🌐 Doimiy komissiya raisi Feruz Turayev tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlardan 2026-yil boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

✅ O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
🏖 Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar va chiqindilarni joylashtirish holati.
😀 Ifloslantirganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining hisoblanishi va amalda undirilishi.