Yertishar qishlog‘ida elektr simyog‘ochlar holati aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Barchinoy Sadikova tomonidan Turkman MFYning Yertishar qishlog‘ida elektr tarmoqlari holati bilan bog‘liq masalaga e’tibor qaratildi.
📌 Qishloqdagi ayrim elektr simyog‘ochlarining yaroqsiz holatdaligi va eskirgani aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat elektr ta’minoti xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda.
🔎 Deputat tomonidan mavjud muammoni o‘rganish, tegishli mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish hamda simyog‘ochlarni ta’mirlash yoki yangilash masalasini ko‘rib chiqish zarurligiga e’tibor qaratildi.
👍 Maqsad — aholi xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish.