Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟢 Kengash raisi tomonidan ko‘chama-ko‘cha yurish orqali fuqarolar murojaati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich ko‘chama-ko‘cha yurish orqali Katqal’a mahallasidagi ko‘cha boshilari bilan birgalikda Sho‘rchilar ko‘chasida bo‘lib, yo‘lga mayda tosh yotqizish bo‘yicha fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
🛣 O‘rganish davomida ko‘chaning yo‘l holati va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
📄 Mazkur masalani hal etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
🤝 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.