Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining bo‘shab qolgan “12-Bog‘ishamol” saylov okrugiga qarashli “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar hamda yaratilgan imkoniyatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi yosh fuqaro H.Ismoilovga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun subsidiya asosida 1 dona kompressor, svarka apparati hamda bolgarka apparati ajratilgani o‘rganildi.

🔧 Mazkur jihozlardan yosh tadbirkor tomonidan maqsadli va samarali foydalanilayotgani, ular orqali tegishli xizmatlar ko‘rsatib, o‘z bandligini ta’minlashga erishayotgani ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish jarayonida yosh fuqaroning faoliyati, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamda kelgusidagi rejalari bilan ham yaqindan tanishildi. Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga ko‘maklashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3