Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat_so‘rovi

#Deputat_so‘rovi

✅Tumanidagi “To‘qimachi”, “Obod To‘qimachi”, “Bog‘ishamol”, “Zarafshon” va boshqa ayrim mahallalarda aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaat va noroziliklar bildirilmoqda.

✅21-okrug deputati M. Qoraxo‘jayev tomonidan “Toshkent viloyati suvta’minoti” AJ Zangiota tumani filiali rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✅Deputatlik so‘rovida o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari, tuman aholisini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-son qarori 7-ilovasi bilan tasdiqlangan, “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar hisobidan 2024–2026-yillarda aholini ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash dasturida Zangiota tumani uchun belgilangan vazifalarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4