Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 PQ-438-son qaror ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglandi

Kun tartibidagi birinchi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining hisobotlari to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

📝 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining hisobotlari tinglandi.

🔹 Hisobotlar davomida qarorda belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
💬 Deputatlar tomonidan masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli savollar berildi.

✅ Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3