24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 44-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🏫 Shu doirada Qorag‘uppa mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi va qozonxonasi holati ko‘zdan kechirildi.
⚠️ O‘rganish jarayonida maktabdagi 2 dona qozon (kotel) yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.
📌 Mazkur holat yuzasidan mavjud muammoni bartaraf etish, isitish tizimini mavsumga puxta tayyorlash hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
🤝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.
📍 Sessiyaoldi o‘rganish — muammoni joyida aniqlash, uni sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish imkonini beradi.