Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TA’LIM JARAYONLARI O‘RGANILDI

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 Tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon viloyat va shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova Buloqboshi tumanidagi 8-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabdagi o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maktab mas’ullari bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi ishlarni izchil davom ettirish, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2