Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinor masjididagi rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar Erkin MFY hududida joylashgan Chinor masjidida olib borilayotgan qayta rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida masjid binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, obodonlashtirish jarayonlari hamda hududning umumiy holati bilan tanishildi.

Shuningdek, rekonstruksiya ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida olib borish, hududni yanada obod qilish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4