Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR BILAN MULOQOT

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan «Al-Buxoriy» MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;

o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish tartibi;

yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar.

Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1