35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishalar: Yoshlar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi deputati Ummatov Dilmurod tomonidan 50-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosini ta’minlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holatini o‘rganish maqsadida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabda yuqori sinf o‘quvchilari bilan yoshlar siyosatiga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, o‘quvchilarning qonun mazmun-mohiyatidan xabardorlik darajasi hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi. Maktab ma'sullariga yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda mavjud imkoniyatlardan keng foydalanishiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlari, ularni himoya qilish kafolatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🇺🇿 Suhbat davomida mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda iqtidor va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, yoshlarning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr almashildi.
Muloqot jarayonida o‘quvchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy yechishga ko‘maklashish bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.