#ish_reja_ijrosi
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
Tuman Kengashiga 21-Quduq saylov okrugidan saylangan deputati Xatamov Fayzullo Qurbanovich saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynab kelayotgan bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, fuqarolar bilan muloqotni yanada kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.